Italiya qirg‘oq mudofaasi 4-oktabr, seshanba kuni Yevropaga yetib olishga uringan 28 nafar liviyalik muhojirning jasadini topdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Ulardan 22 nafarining jasadi mingga yaqin odamni olib ketayotgan uch palubali yog‘och kemadan topilgan. Manbalarning baholashicha, halok bo‘lganlar quyi palubalarda nafasi qaytib o‘lgan bo‘lishi mumkin. Liviyadan shimolda joylashgan xalqaro suv hududini patrul qiluvchi Italiya qirg‘oq mudofaasi vakilining ma’lum qilishicha, 4-oktabr kuni jami 28 nafar muhojirning jasadi topilgan.
3-oktabr kuni Yevropa sohillariga rezina qayiqlarda yetib olishga uringan 6 mingga yaqin kishi qutqarilgan. Ular asosan afrikaliklar edi.
Izoh (0)