Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2016-yilning 13—22-oktabr kunlari Koreya madaniyati festivali Korea Festival 2016 bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi ma’lum qildi, deb yozadi UzDaily.

Foto: UzDaily

Foto: UzDaily

Diplomatik missiyaning ma’lum qilishicha, festival Toshkent, Samarqand va Buxoroda bo‘lib o‘tadi.

Festival 13-oktabr kuni Koreya an’anaviy libosi “Xanbok” modalar namoyishi bilan ochiladi.

14-oktabr kuni Toshkentda Koreya Respublikasi elchisi kubogi uchun o‘smirlar o‘rtasida taekvondo bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tadi.

Festival doirasida 15-oktabr kuni Sookmyung Gayageum va B-boy orkestri ishtirokida Koreya fyujn musiqasi konserti bo‘lib o‘tadi.

2016-yil 17-oktabrida Toshkentda Koreya kinofestivali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 21 va 22-oktabrda poytaxtda mashhur rassom Li Jung Sopning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan musiqali teatr tomoshasi namoyish etiladi.

Tadbirlar, shuningdek, 18—21-oktabr kunlari Samarqandda va 19—22-oktabrda Buxoroda bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi