Futbol bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi hamda Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Lissabon shahrida to‘rt yulduzli mehmonxonasini ochdi. Bu haqda Marca nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Pestana CR7 nomli mehmonxona Portugaliya poytaxtining tarixiy markazida joylashgan.
“Hayot faqat futboldan iborat emas. Futbolga ishtiyoqim baland, ammo kelajak haqida ham o‘ylashim kerak”, – dedi 31 yoshli futbolchi mehmonxonaning ochilish marosimida.
Qayd etish joiz, ushbu mehmonxona Pestana CR7 brendi ostidagi ikkinchisi bo‘ldi. Avvalroq Ronaldu Madeyra orolidagi o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Funshal shahrida besh yulduzli mehmonxona ochgandi.
Kelajakda portugaliyalik futbolchi Madrid va Nyu-York shaharlarida ham mehmonxona barpo etmoqchi.
Izoh (0)