Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

JCh—2018 saralashi doirasida O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadigan Eron milliy terma jamoasi bo‘lajak ikki bellashuv uchun tarkibini e’lon qildi. Bu haqda “Championat.asia” sayti xabar berdi.

Foto: Varzesh11.com

Foto: Varzesh11.com

Karlush Keyrush Braziliyadan keyin Rossiya mundialida ishtirok etish uchun ham dadil qadam tashlaydigan vaqt kelgani haqida fikr bildirgan.

Eron terma jamoasi 6-oktabr kuni Toshkentda O‘zbekistonga qarshi saf tortsa, 11-oktabr kuni o‘z maydonida Janubiy Koreyani qabul qiladi. Quyida Karlush Keyrushning mazkur o‘yinlar uchun saralab olgan futbolchilari bilan tanishib olish imkoniyati bor.

Darvozabonlar

Alirizo Haqiqiy (“Maritimo”, Portugaliya)Alirizo Biyronvand (“Persepolis”, Eron)Muhammadrizo Axboriy (“Traktorsoziy”, Eron)

Himoyachilar

Milod Muhammadiy (“Terek”, Rossiya)Murtazo Purliganjiy (“As-Sadd”, Qatar)Vuriya G‘ofuriy (“Istiqlol”, Eron)Jalol Hussayniy (“Persepolis”, Eron)Muhammad Ansoriy (“Persepolis”, Eron)Ramin Rizoiyon (“Persepolis”, Eron)Sayid Og‘aiy (“Traktorsoziy”, Eron)Izzatillo Purg‘oz (“Istiqlol Xuziston”, Eron)

Yarim himoyachilar

Alirizo Jahonbahsh (“AZ-Alkmaar”, Gollandiya)Mehdi Torimiy (“Rizospor”, Turkiya)Mas’ud Shojaiy (“Panionios”, Gretsiya)Sayid Izzatullohiy (“Rostov”, Rossiya)Ashkan Dejaga (“Al-Arabiy”, Qatar)Umid Ibrohimiy (“Istiqlol”, Eron)Vohid Amiriy (“Persepolis”, Eron)Ehson Hojisafiy (“Sepohon”, Eron)So‘rush Rafeiy (“Traktorsoziy”, Eron)Mehdi Turobiy (“Saypa”, Eron)Andronik Teymuriyon (“Mashinasoziy”, Eron)

Hujumchilar

Sardor Azmun (“Rostov”, Rossiya)Karim Ansorifard (Panionios, Gretsiya)Rizo G‘uchannajod (“Herenven”, Gollandiya).

Eron milliy terma jamoasiga qarshi 6-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan bellashuvda o‘zbekistonliklar sardori Odil Ahmedov ishtirok etmaydi. Samvel Babayan bellashuv uchun saralab olgan futbolchilar ro‘yxati bilan mana shu havola orqali tanishish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyadagi zilzila: Qirg‘izistonda deputatlar maoshini zilzila qurbonlariga yordam uchun o‘tkazmoqchi
Dunyo
Bayden kelgusi prezidentlik sayloviga nomzodini qo‘yish-qo‘ymasligi haqidagi savolga javob berdi
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi