“Paxtakor” va “Lokomotiv” klublari o‘rtasidagi Toshkent derbisidan keyin “temiryo‘lchilar” ustozi Andrey Miklyayev o‘z fikrlarini bildirgani haqida “Championat.asia” ma’lum qildi.
“‘Paxtakor’ni g‘alaba bilan tabriklayman, ular birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynashdi. Bizning esa o‘yinimiz yaxshi chiqmadi. Ketma-ket ikki uchrashuvdan buyon yigitlar ko‘rsatmalarni bajara olishmadi”, — dedi Miklyayev. “Lokomotiv” bir tur avval bo‘lib o‘tgan Toshkent derbisida autsayder “Obod”ni ham mag‘lub eta olmagandi.
“‘Paxtakor’ning qarshi hujumlaridan qo‘rqqandik. Masharipov ajoyib o‘yin namoyish qildi. Yigitlarimizda ‘Paxtakor’dan qo‘rqish sindromi bordek. Ularni tanimadim, birinchi bor maydonga tushgandek harakat qilishdi”, — deb shogirdlarini tanqid ostiga oldi Andrey Miklyayev.
Mutaxassis uning jamoasi barcha jihatlarda raqibdan mag‘lub bo‘lganini ochiqchasiga tan oldi. Kurash, to‘pni egallash va tezlikda “Paxtakor” yaxshiroq ko‘ringanini, maydon markazida raqib ustunlik qilganini qayd etdi.
Toshkent derbisining “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinidan keyin FIFA referisi Ravshan Ermatovni tanqid ostiga olgan “Paxtakor” bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovkskiy esa bu safar hakamlik mavzusiga to‘xtalmadi.
Izoh (0)