Rio-de-Janeyroda o‘tgan Olimpiya o‘yinlari chog‘ida totalizatorda pul tikkan uch nafar bokschiga hayfsan e’lon qilindi. Bu haqda, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, irlandiyalik bokschilar — 24 yoshli Maykl Jon Konlan va 27 yoshli Stiven Donelli, shuningdek, 25 yoshli britaniyalik Entoni Fauler boks bo‘yicha turli musobaqalarga pul tikib borgan. Bu ish XOQ yo‘riqnomasiga ko‘ra taqiqlangan.
Izoh (0)