O‘n sakkizinchi bor o‘tkazilayotgan Tashkent Open—2016 tennis turniri 26-sentabr kuni ochilishi haqida xabar berilgandi. Uning birinchi kunida ikki nafar o‘zbekistonlik tennischi kortga tushdi, deb xabar berdi “Olamsport”.
Turnirga imtiyozli yo‘llanma bilan qo‘yilgan Kamola Umarova Tashkent Open—2016 ning amaldagi chempioniga birinchi bosqichdayoq to‘qnash kelib qolgandi. Yaponiyalik Nao Xibino bilan ikki set kurash olib borgan Umarova imkoniyatni boy berdi — 3:6, 1:6.
O‘zbekistonning birinchi raqamli ayol tennischisi sifatida turnirdagi ishtirokini boshlagan Sabina Sharipova ham birinchi bosqichda o‘z ishtirokiga yakun yasadi. Shveysariyalik Shtefani Fogelga qarshi kurash olib borgan Sabina birinchi setni 5:7 hisobida boy berdi va keyingisini xuddi shu hisobda o‘z foydasiga hal qildi. Hal qiluvchi setda yana 5:7 qayd etildi, Fogelning foydasiga.
Izoh (0)