23–24-sentabr kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tgan Le Village International de la Gastronomie nomli xalqaro gastronomik festivalida o‘zbek palovi taqdim etildi. Bu haqda “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Festivalning 40 davlatdan kelgan ishtirokchilari tomonidan Sena sohillarida taom shinavandalari uchun shaharcha tashkil etdi.
Parij meriyasi tomonidan birinchi marta bunday formatda tashkil etilgan festival nafaqat mahalliy aholi, balki sayyohlar uchun ham har bir mamlakat bilan uning oshxonasi va urf-odatlari orqali tanishishga imkon berdi.
Tadbirda O‘zbekiston nomidan mamlakatning Parijdagi elchixonasi ishtirok etdi.
Xabar berishlaricha, festival mehmonlari o‘zbek palovi, somsa, shirinliklarni tatib ko‘rishga, shuningdek, suvenir mahsulotlari bilan tanishib, O‘zbekiston haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni olishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)