24-sentabr kuni “Istiqlol” san’at saroyida “Mening Toshkentim” myuzikli ikkinchi bor namoyish etildi. Bu haqda MyDay xabar berdi.
Myuzikl muallif va rejissorlari — Hasan va Husan Solihovlar tomonidan bu safar bir qahramon obrazi kiritilgan. Mazkur qahramon obrazini rossiyalik xonanda Soso Pavliashvili ijro etdi.
Soso Pavliashvili myuziklda o‘zini ijro etdi. U Toshkentni sog‘ingan va qumsagan Soso obrazida tomoshabin qarshisida namoyon bo‘ldi. O‘zga yurtdan kelgan mehmon mahalladoshlar quvonchiga guvoh bo‘ldi.
Muxlislar Soso Pavliashvili ijrosidagi kuylardan bahramand bo‘ldi.
O‘zbekistonlik tomoshabinlar xonandani juda iliq va samimiy tarzda qarshi oldi.
Bu safargi myuziklda sahna dekoratsiyalari yanada yorqinroq tarzda bo‘lib, katta ekranlarda video ketma-ketliklar namoyish etildi. Rejissorlar bu safar aktyorlar jamoasiga biroz o‘zgartirish kiritgan bo‘lib, yangi aktyorlar qatorida Akbar Atamuxamedov, xonanda Sherzodbek, Liliya Fatkulinani ko‘rish mumkin bo‘ldi.
Bundan tashqari, tomoshabinlar Fotima Rejametova, Muhammadiso Abdulxairov, Adiz Rajabov, Asal Shodiyeva, xonandalar Shadisha, Jasur Mirsagatovlarning ijrosidan ham bahramand bo‘ldi.
Izoh (0)