Kaliforniya shtati (AQSh) gubernatori imzolagan qonun loyihasiga ko‘ra, 2017-yil 1-yanvaridan boshlab Hollivud aktyorlari turli ma’lumotlar bazasida, jumladan, IMDB’dan yoshi haqidagi ma’lumotni olib tashlash huquqiga ega bo‘ladi. Bu haqda, The Hollywood Reporter’ga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
IMDB singari portallardan kino sanoati vakillari odatda ish qidirishda foydalanadi. 24-sentabrda imzolangan qonunga ko‘ra, aktyorlar hamda kinematografiyaga aloqador boshqa shaxslar shu kaba bazalardan yoshi haqidagi ma’lumotni oldirtirib tashlashi mumkin.
Aytilishicha, chora eyjizmga — yoshga qarab diskriminatsiya qilishga qarshi qaratilgan. Bunda aktyorlarning, ko‘rinishi va mahorati mos kelgan taqdirda ham, yoshi tufayli rollarga jalb qilinmasligi tushuniladi.
Izoh (0)