“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. O‘zgartishlar Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 10-martda qabul qilingan, Senat tomonidan esa 25-avgustda ma’qullangan edi. 22-sentabr kuni qonun loyihasi O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Hujjat matnini O‘zA keltirdi.
Qonunning 1-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 839–XII-sonli Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu qonunga muvofiqlashtirishi;
davlat boshqaruvi organlari ushbu qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishi va bekor qilishi belgilandi.
“Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi”, — deyiladi 3-moddada.
Izoh (0)