Yevropa Ittifoqiga siyosiy boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni 2016-yilning aprel-iyun oylari orasida 305,7 ming kishini tashkil qildi. Bu birinchi chorakdagidan 6 foizga ko‘proqdir, deb ma’lum qiladi “Interfaks”.
Yevrostatning bildirishicha, yanvar-martdagi murojaatlar soni 287 mingtani tashkil etgan edi.
Eng ko‘p murojaat Suriya fuqarolaridan olingan — 90,5 ming. Undan keyingi o‘rinda Afg‘oniston (50,3 ming), Iroq (34,3 ming).
Murojaat qabul qiluvchilar orasida birinchi o‘rinda Germaniya, undan keyingi o‘rinlarda Italiya, Fransiya, Vengriya va Gretsiya turibdi.
Izoh (0)