Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyalik tergovchilar Misrning Sinay yarim orolida halokatga uchragan Rossiyaga tegishli Airbus A321 samolyoti fyuzelyajida portlash ta’siri joyini aniqladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda

Foto:

Foto: "TASS"

“Qohira aeroporti hududida o‘tkazilgan ko‘rib chiqish chog‘ida fyuzelyajga portlash ta’sir ko‘rsatgan joylar aniqlandi. Portlashdan keyingi asorat izlari qayd etildi”, — deydi Rossiya Tergov qo‘mitasi vakili.

Avvalroq ekspertlar jinoyat ssenariysini taxminan qayta tiklagan edi. Unga ko‘ra, yo‘lovchilarning yuklari ikki asosiy bagaj bo‘lmalariga joylashtirilgan.

Kichik hajmdagi yukni samolyotga alohida tashuvchi yetkazgan — shunda terrorchilar ishtirok etgan. Ular laynerga soatli va barometrli datchiklar o‘rnatilgan kichik bomba solingan paketni olib o‘tgan. 

Rossiyaning “Kogalimavia” aviakompaniyasiga tegishli, bortida 224 kishi bo‘lgan A321 layneri 2015-yil 31-oktabr kuni Misrning Sinay yarimoroli ustidan uchib o‘tayotganida qulagan edi.

Portlash parvoz boshlanganidan keyin 22 daqiqa o‘tib — samolyot 10 ming metr balandlikda, soatiga 750 kilometr tezlikda uchayotganida yuz bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova