AQShda neft tovar zaxiralari o‘tgan hafta yetti oy ichidagi eng past ko‘rsatkichgacha tushib ketgani haqidagi ma’lumotlardan so‘ng, 22-sentabr, payshanba kuni neft narxi ko‘tarilmoqda, deb yozadi “Interfaks”.
Brent markasidagi neftning noyabr fyucherslari Londonning ICE Futures birjasida Toshkent vaqti bilan 10:04 ga kelib, 0,45 dollarga (0,96 foizga) qimmatlashib, barreliga 47,28 dollarni tashkil qildi.
WTI neftining noyabr fyucherslari kotirovkalari Nyu-York tovar birjasi (NYMEX) elektron savdolarida bu vaqtga kelib, 0,48 dollarga (1,06 foizga) ko‘tarilib, barreliga 45,82 dollarga teng bo‘ldi.
Avvalroq AQSh energetika vazirligi mamlakatdagi neft zaxiralari 6,2 million barrelga kamayib, 504,598 million barrelgacha tushib qolganini e’lon qilgach, Brent nefti 2,1 foizga, WTI 2,9 foizga qimmatlashgan edi.
Izoh (0)