Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoylik Kanel Mimi internet orqali iPhone 7 smartfonini AQShdagi rasmiy narxidan 150 dollarga arzonroq — 500 dollarga xarid qilish maqsadida buyurtma berdi. Ammo sotuvchi xaridni nozik hazilga aylantirdi, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.

Foto: Facebook / Canele Mimi

Foto: Facebook / Canele Mimi

Qiz eBay orqali “pushtirang oltin” rangli iPhone 7 buyurtma bergandi, ammo unga yetkazilgan quti ichiga ikkita smartfon joylangan edi — 2009-yili chiqarilgan iPhone 3GS va 2010-yilning iPhone 4 telefoni. Bundan tashqari, quti ichiga Yu Gi Oh o‘yinidan olingan mashhur “Polimerizatsiya” kartasi solib qo‘yilgan edi.

O‘yin qoidalariga muvofiq, bu karta ikkita zaif mavjudotni bitta kuchli qahramonga aylantiradi. Bu bilan sotuvchi qizga iPhone 3GS va iPhone 4 ni birlashtirib, iPhone 7 ga aylantirishni hazil tariqasida tilagan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)