“Barselona” klubi Sport arbitraj sudi (CAS) tomonidan “Real Madrid”ning voyaga yetmagan futbolchilari uchun qo‘llagan qarorini o‘ziga nisbatan haqorat sifatida qabul qildi. Bu haqda kataloniyaliklar vitse-prezidenti Xordi Mestre ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Biz ham CAS’ga murojaat qilgandik, ammo bizning yigitlarga o‘ynash taqiqlandi. Farq shunda va bu katta haqorat. Ular bu borada hatto ‘Real’ning pozitsiyasidan bexabar. Bizning holatda esa ular bolalarni himoya qilish bo‘yicha FIFA qoidalari buzdi”, — dedi Mestre.
FIFA Madridning ikki klubi — “Real” va “Atletiko”ga ikki transfer davomida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlagan edi. Bunga sabab sifatida ularning 18 yoshga to‘lmagan futbolchilar bilan shartnoma imzolash qoidalarini buzganligi ko‘rsatilgan.
2016-yilning yanvar oyida FIFA Apellyatsiya qo‘mitasi klublarning arizasini ko‘rib chiqish natijasi e’lon qilingunga qadar taqiqni to‘xtatib turish haqida qaror qabul qilgan edi. Keyinroq “Real” va “Atletiko”ning apellyatsiyalari rad etildi.
“Barselona” ham bundan avval FIFAning huddi shunday jazo choralariga uchragandi.
Izoh (0)