Checheniston Respublikasi rahbarligi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ramzan Qodirov Chechen ayoli kuni munosabati bilan Grozniyning “Safiya” saroyida uyushtirilgan tantanali qabul marosimiga tashrif buyurdi. U zalga o‘rta asr yarog‘-aslahalarida, qilich va nayza bilan qurollangan holda kirib keldi, deb xabar beradi TJournal.
“Checheniston ayollari yil sayin fanda, madaniyatda, sog‘liqni saqlashda, ijtimoiy hayotda yangi marralarga erishayotgani bizni quvontiradi. Men Chechenistonning barcha ayollarini samimiy qutladim, ularga tinchlik va farovonlik tiladim. Barcha qizlar ajoyib guldastalarga ega bo‘ldi. Ko‘chada esa tungi osmonni bayramona mushakbozlik olovlari yoritdi!”, — deb yozdi Qodirov video ostida qoldirilgan izohda.
Izoh (0)