Buyuk Britaniya qirollik harbiy-havo kuchlari xalqaro aksilterror koalitsiyaning suriyalik harbiylarning halokatiga olib kelgan operatsiyasida ishtirok etgan edi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi bayonot berdi, deb ma’lum qiladi “Interfaks”.
“London Buyuk Britaniya Suriyadagi, Dayr az-Zavrdan shimolroqdagi aviazarbalarda ishtirok etganini tan oladi, va biz koalitsiya taftishi bilan to‘liq hamkorlik qilamiz”, — dedi vazir.
Ilgariroq Avstraliya va Daniya harbiylari ham Suriya armiyasiga uyushtirilgan hujumga aloqadorligini tan olgan edi. O‘z navbatida, AQSh bo‘lib o‘tgan voqealardan afsusdaligini bildirdi.
Izoh (0)