Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina bosh prokuraturasi mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenkoni 2014-yilgi Qadr-qimmat inqilobi yuzasidan olib borilayotgan ish bo‘yicha so‘roqqa chaqirdi. Bu haqda bosh prokuror Yuriy Lutsenko 17-sentabr kuni 13-Yalta Yevropa strategiyasi uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Biz prezidentni so‘roqqa chaqirdik. U BMTdagi komandirovkadan qaytishi hamon tergovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilishiga kelishib oldik”, — dedi Lutsenko.

18–21-sentabr kunlari Poroshenko AQShda bo‘lib, BMT Bosh Assambleyasida va Xavfsizlik Kengashida chiqish qiladi.

Ilgariroq Bosh prokuratura tergovchilari ichki ishlar vaziri Arsen Avakov, Milliy xavfsizlik va mudofaa xizmati kotibi Aleksandr Turchinov va sobiq bosh vazir Arseniy Yatsenyukni so‘roqqa tutgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Dunyo
Fransiya prezidentini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan ayol hibsga olindi