Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey boshchiligidagi mamlakat hukumati bir necha oylik mavhumlikdan so‘ng Angliya janubi-g‘arbidagi Somerset grafligida dunyodagi eng qimmat AESlardan biri — umumiy qiymati 24 milliard dollar bo‘lgan Hinkley Point C qurilishi loyihasini ma’qulladi. Atom stansiyasi Yevropa hududida besh yil avval Yaponiyada “Fukusima” AES halokati yuz berganidan keyin barpo etiladigan ilk shunday inshoot bo‘ladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Mazkur bayonotni umumiy quvvati 3,2 gigavatt bo‘lgan ikki energoblokni quradigan Fransiyaning EDF energetika kompaniyasi va bo‘lajak AESning uchdan bir qism aksiyasi egasi bo‘lgan Xitoyning CGN (China General Nuclear) kompaniyasi qo‘llab-quvvatladi.

Mazkur masala uzil-kesil hal etilishining bir necha oy cho‘zilishi Britaniya hukumati AES ustidan nazoratni yo‘qotmaslik uchun qonunchilikni takomillashtirish zarurati tug‘ilgani bilan izohlandi. Undan tashqari, London loyihadan voz kechilgan taqdirda Xitoy bilan munosabatlar taranglashishi ehtimolidan ham qutulib qoldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Oila a’zolari tomonidan muntazam jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotgan bolalar ham topiladi” — Bolalar ombudsmani
Mahalliy
Sogʻliqni saqlash vaziri: Taʼlimda oʻzgarish qilmas ekanmiz, tibbiyot ham oʻzgarmaydi
Mahalliy
Buxoroda Nexia-2 ariqqa tushib ketdi (video)