“Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi “Seltik”ka qarshi (7:0) YChL 1-turida xet-trik qayd etib, gollar soni bo‘yicha afsonaviy hamyurti, “Real” klubi hamda Argentina, Kolumbiya va Ispaniya terma jamoalari sobiq futbolchisi Alfredo di Stefanodan o‘zib ketdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Messi “Barselona” va Argentina safida kiritgan gollari sonini 515 taga yetkazib oldi. O‘z navbatida Di Stefano “Real”, Argentina va Ispaniya tarkibida 514 ta golga mualliflik qilgan.
Messi va Di Stefano Argentina termasining sobiq a’zolari Karlos Byanki (434 gol), Gabriel Batistuta (356) va Diyego Maradona (354) kabi futbolning yorqin namoyandalarini ortda qoldirgan.
Izoh (0)