Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining oltinchi kunida yengil atletika dasturidan o‘rin olgan 4×100 metr estafeta bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
“Sports.uz” nashrining xabar berishicha, 4x100 metr estafeta bahslarida O‘zbekiston sharafini Miran Saxatov (Jaloliddin Hamroqulov hamrohligida), Mansur Abdurashidov, Doniyor Soliyev, Faxriddin Hamroyev himoya qilib, 43,47 soniyalik natija bilan marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi.
Mazkur yo‘nalishda Braziliya terma jamoasi (42,37) oltin, Xitoy atletlari esa (43,05) kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)