AQShning Ogayo shtatidagi Alsgeymer kasalligiga chalingan kishilar uchun mo‘ljallangan “Fonar” tibbiy markazi direktori Jin Makesh ajoyib loyihani o‘ylab topdi: u kasalxonani o‘tgan asrning 30—40-yillarini eslatadigan shaharchaga aylantirib yubordi, deb yozadi AdMe.
Noodatiy va optimistik ruhdagi “ko‘cha” bo‘ylab bemorlarning palatalari emas, “xususiy uy”lari joylashgan.
Makesh bemorlarga o‘zlari tug‘ilib-o‘sgan zamonni va makonni eslatish maqsadida aynan XX asrning 30—40-yillarini tanladi, axir ko‘pchilik bobo-buvilar aynan o‘sha davrda tug‘ilgan.
Oyoq ostiga to‘shalgan gilam o‘tni eslatadi, bosh uzra haqiqiy “osmon” mavjud, u tun kirishi bilan qorong‘i tusga o‘tadi. Bu “mahalliy aholi”ning biologik ritmini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qilingan.
Kun davomida karnaylardan tabiat ohanglari, shuningdek, yalpiz va sitrus hidi taralib turadi. Bu yerda bosh ko‘cha ham bo‘lib, u yerda bemorlar to‘planadi va norasmiy sharoitda muloqot qiladi.
Keksa fuqarolarning yotoqxonalari esa mana shunday ko‘rinishda — toza va shinam.
Izoh (0)