Angliya terma jamoasi hamda “Nyukasl” klubi sobiq futbolchisi Alan Shirerning haykali klubning stadioni – “Sent-Jeyms Park” oldida o‘rnatildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Haykalimning o‘rnatilishi men uchun katta sharaf. Faoliyatim davomida meni qo‘llab-quvvatlaganlardan minnatdorman”, – deya yozdi Shirer Twitter’dagi sahifasiga.
Ma’lumot uchun, Alan Shirer 1996-yili “Blekbern” klubidan o‘sha paytlar uchun rekord hisoblangan 15 million funt evaziga “Nyukasl”ga o‘tgan edi.
Ushbu klubdagi faoliyati davomida hujumchi 206 ta gol kiritib, “Nyukasl” tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Shirer, shuningdek, 260 ta gol bilan Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi to‘purari sanaladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)