Chexiyada 25-avgust kuni “Uorrior Brno” va “Yang Dragons Shumperk” o‘smirlar xokkey jamoalari o‘rtasidagi o‘yin vaqtida Pavel Lainka ismli hakamning boshiga shayba tegdi va u shu zahoti shifoxonaga yotqizilgan edi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Lainka ikki hafta davomida shifoxonada bo‘ldi, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi. 10-sentabr kuni hakam hayotdan ko‘z yumdi.
24 yoshli Lainka Chexiyada istiqbolli hakamlardan biri sanalgan edi. Hakamlik faoliyatidan oldin u “Brno” jamoasining o‘smirlari tarkibida harakat qilgan.
Chexiya chempionatining ikkita yuqori divizioni uchrashuvlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.
Izoh (0)