Osiyo Chempionlar Ligasining chorak finalida o‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov harakat qiladigan Qatarning “Al-Jaish” klubi “An-Nasr”dan yirik hisobda yengilgandi.
Keyinroq Qatar jamoasi BAA klubi ustidan shikoyat yozib, raqib safida harakat qilgan Vanderleyning xujjatlari qalbakilashtirilgani, “Al-Jaish” darvozasiga 2 ta gol urgan futbolchi indoneziyalik emas, braziliyalik ekanini isbotlashga uringandi.
OFK “Al-Jaish”ning shikoyatini qanoatlantirdi, deb ma’lumot berdi “Championat.asia” nashri. Unga ko‘ra Qatar klubiga 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozildi. Mazkur jamoalarning BAAda bo‘lib o‘tadigan javob o‘yini 14-sentabr sanasiga tayin qilingan.
Izoh (0)