Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on kurd harbiy qo‘shilmalari Turkiyaning Suriyadagi operatsiyasini buzishga urinayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Biz Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari 15-iyuldan so‘ng chegaralardagi harbiy harakatlarni faollashtirishga urinayotganini ko‘rmoqdamiz”, — uning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Shuningdek, u Turkiyaning asosiy maqsadi IShIDni yo‘q qilish va mamlakat hududida teraktlarga yo‘l qo‘ymaslik ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)