O‘zMTRKning “Sport” telekanali 10-sentabr kuni start oladigan futzal bo‘yicha Jahon Chempionati bellashuvlarini namoyish etadi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati Telegram kanalida ma’lumot berdi.
Kolumbiya—2016 futzal mundiali Toshkent vaqti bilan 11-sentabr tongida — 4:00 da O‘zbekiston — Panama o‘yini bilan start oladi.
“Sport” kanali, shuningdek, 15-sentabr kuni start oladigan futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati bellashuvlarini ham efirga uzatadi. Unda ishtirok etadigan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 2017-yilgi Jahon Chempionati uchun kurash olib boradi.