Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Mazda kuzovning orqa eshigida aniqlangan nosozlik tufayli 2,2 millionga yaqin avtomobilni chaqirib oladi. Bu haqda 8-sentabr, payshanba kuni Yaponiya avtokonsernining Amerikadagi filialida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Chaqirib olish 2013-yilda chiqarilgan Mazda CX-3 va Mazda CX-5 kompakt krossoverlari, shuningdek, 2012—2015-yillarda chiqarilgan Mazda 3 ning ayrim modellari va Mazda 5 minivenlariga tegishli bo‘ladi. Ulardan 760 mingga yaqini Shimoliy Amerika bozorida sotilgan.

Konsernga ko‘ra, mazkur mashinalar beshinchi eshigidagi amortizatorlar zangdan yaxshi himoyalanmagan va ishdan chiqishi mumkin. Shu bilan birga, hozirgacha ushbu nuqson tufayli shikastlanish ro‘y berishi bilan bog‘liq biror holat qayd etilmadi. Mazda nosozlikni bepul bartaraf etishi bildirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda sentabr oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi
Sport
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 7 ta gol urilgan o‘yinda Bahraynni tor-mor etdi
Dunyo
Alla Pugachyova qasrini 1 milliard rublga sotuvga qo‘ydi