Jizzax shahrida yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi tashkil etildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Jizzax viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tasarrufidagi sobiq olimpiya o‘rinbosarlari maktabini ixtisoslashtirilgan sport maktabiga aylantirishda uning bino va inshootlari to‘liq yangilandi.
Shu maqsadda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 565 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. “So‘g‘diyona” sport majmuasidagi yakkakurash sport turlariga mo‘ljallangan sport zali ham yangi maktab tasarrufiga o‘tkazildi.