Nigerda suv toshqinlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 38 kishiga yetdi, 92 mingdan ortiq odam boshpanasiz qoldi. Bu haqda 8-sentabr, payshanba kuni Agence France-Presse ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“27-avgust holatiga 92 ming kishi boshpanasiz qolgan, 38 kishi halok bo‘lgan va 27 kishi yaralangan”, — deyiladi BMT hisobotida.
Avvalroq 14 kishining halok bo‘lganligi, turar joydan mahrum bo‘lganlar esa 46 ming kishini tashkil etganligi ma’lum qilingandi.
Kuchli yomg‘irlar oqibatida 26 ming bosh qoramol, 900 gektar ekin dalasi va 9 ming uy yo‘q bo‘lganligi bildirilmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, Taxua (g‘arb) va Agadez (shimol) cho‘l hududlariga eng ko‘p zarar yetgan.
Izoh (0)