Tennis bo‘yicha Devis Kubogining saralash bosqichida Xitoyni 3:2 hisobida mag‘lub etgan O‘zbekiston terma jamoasi, 16—18-sentabr kunlari Shveysariya termasiga qarshi pley-off o‘yinida ishtirok etadi.
“Olamsport” unda o‘zbekiston sharafini himoya qiladigan raketka ustalari nomiga oydinlik kiritdi: Denis Istomin (107), Farrux Do‘stov (235), Sanjar Fayziyev (641) hamda Jo‘rabek Karimov (865).
Shveysariya tarkibida jahonning uchinchi raketkasi Sten Vavrinka va to‘rtinchi tennischi bo‘lib turgan Rojer Federer Toshkentga kelmaydi. Ularning o‘rnida Genri Laksonsen (161), Adriyen Bossel (472), Antoni Beler (537) hamda Yoan Nikles (890) kortga tushadi.
Shveysariya termasi Jahon Ligasining birinchi bosqichida Italiyadan 0:5 hisobida yengilgandi.
Izoh (0)