London universiteti olimlari inson immun tizimini oshqozonosti bezi saratonining og‘ir shakli bilan kurashishga undovchi IMM-101 nomli yangi vositani yaratdi. Bu haqda The Guardian nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ma’lumki, o‘simta hujayralari membranasi immun tizimini “aldovchi” oqsilga ega. Natijada immun tizimi ularni yo‘q qila olmaydi. Immunitetni faollashtiruvchi odatiy dori vositalari limfotsitlarning nafaqat nuqsonli hujayralar balki sog‘lom hujayralarga ham hujum qilishiga imkon beradi.
Yangi dori vositasi ham immunitetni faollashtiradi, biroq faqat o‘simta bilan chegaralanib, mehnat qobiliyatini yo‘qotishga olib kelmaydi.
Vositaning sinov jarayonlarida 110 kishi ishtirok etdi, ulardan 85 foizi oshqozonosti bezi saratonining og‘ir — metastaz shakliga chalingan edi. Odatdagi kimyoviy terapiyadan o‘tgan bemorlar o‘rtacha 4,4 oy yashasa, yangi vositani qabul qilganlar kamida yetti oy umr ko‘rdi.
Izoh (0)