Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida davom etayotgan 42-Butunjahon Olimpiadasida O‘zbekiston qizlar terma jamoasi 35-o‘rindan 12-pog‘onaga ko‘tarildi, deb xabar berdi “Olamsport”.
Bu yo‘lda o‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar Ozarbayjonning uchinchi jamoasiga qarshi dona surib, 3:1 hisobida zafar quchdi. Nafisa Mo‘minova va Gulruhbegim Tohirjonova raqibalarini mag‘lub etdi. Irina Gevorkyan hamda Nodira Nodirjonova durang o‘ynadi.
7-sentabr kuni shaxmatchilar uchun dam olish kuni sifatida e’lon qilingan. Ertaga — 8-sentabr kuni O‘zbekiston termasi Sloveniyaga qarshi dona suradi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston kabi 3 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan Isroil termasi qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 17-o‘rindan joy olgan.
Izoh (0)