Xose Mariya Mendes boshqaruvidagi O‘zbekiston futzal terma jamoasi JCh—2016 final bosqichida ishtirok etish uchun Kolumbiyaning Kali shahriga yetib keldi.
Bu haqda ma’lumot bergan O‘FF matbuot xizmati mundialdagi dastlabki ikki bellashuv aynan shu shaharda o‘tishiga oydinlik kiritgan.
Avvalroq O‘zbekiston futzal terma jamoasi 7-sentabr kuni Italiya termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi xabar qilingandi. JCh—2016 doirasidagi ilk uchrashuv 10-sentabr kuni Panamaga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)