Shu hafta boshida Tojikiston harbiy xizmatchilarining mobil telefonlariga sobiq Tojikiston IIV xodimi, IShIDning yangi harbiy rahbari etib tayinlangan Gulmurod Halimov nomidan SMS-xabarlar kela boshladi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Halimov o‘z xabarnomalarida Tojikistonni mustaqillikning 25 yilligi bilan “tabriklash”ga va’da berdi.
Tojikistonning mustaqillik bayrami 9-sentabr kuni nishonlanadi.
O‘tgan yili tojikistonlik sobiq polkovnik mamlakatdan qochib ketib, IShID saflariga qo‘shilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.