O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Farg‘ona viloyatida joriy yilning o‘tgan davrida 27 sport inshooti va 1 bolalar musiqa va san’at maktabi barpo etildi, deya xabar bermoqda O‘zA.
2003—2015-yillarda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan viloyatda 160 sport inshooti hamda 28 bolalar musiqa va san’at maktabi barpo etildi, mavjudlari tubdan rekonstruksiya qilindi. Bu maqsadlar uchun 120 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.
Ta’lim maskanlarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha sharoit yaratish hamda ularni turli sport musobaqalariga jalb qilishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Uchko‘prik tumanidagi 14-umumta’lim maktabida zamonaviy sport majmuasi qad rostlab, o‘quvchi-yoshlar ixtiyoriga topshirildi.
“Barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi zal 37 xil zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlandi. Bu yerda yuvinish, tibbiyot, murabbiylar xonalari mavjud. Yangi inshootning bunyod etilishi maktabimizda faoliyat ko‘rsatayotgan sport to‘garaklari qatorida badiiy gimnastika, karate, boks mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi”, — deydi maktab direktori Odinaxon Ro‘zimatova.
Izoh (0)