5-sentabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekiston shahar va tumanlarida Birinchi Prezident Islom Karimov xotirasiga ehson oshi berildi. Ushbu marosimlarda minglab o‘zbekistonliklar qatnashdi.
2. Ekzit-poll Merkelning hududiy saylovlardagi mag‘lubiyatini ko‘rsatdi. Merkelning partiyasi uchun saylovchilarning 19 foizigina ovoz berdi.
3. OAV: Turkiya-Suriya chegarasi IShIDdan ozod qilindi. Turkiya armiyasi Suriya ozodlik armiyasi ko‘magida Turkiya-Suriya chegarasini IShID jangarilaridan ozod etdi.
4. Hasanboy Do‘stmatov: Oltin medalimni yurtboshimning ko‘ksiga ilib qo‘yish menga armon bo‘lib qoldi. Rio—2016 Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bokschi Hasanboy Do‘stmatov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirladi.
5. Qatarga qarshi o‘yin 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi va o‘zbekistonlik futbolchilar qora bog‘ichda to‘p suradi. JCh—2018 saralashi doirasidagi Qatar — O‘zbekiston 6-sentabr, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)