Buyuk Britaniya joriy yil oxiriga qadar Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqib ketish borasidagi moddani kuchga kiritmay turadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Tereza Mey Xitoyda bo‘lib o‘tgan G20 sammiti yakunlariga ko‘ra bergan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“O‘ylashimcha, biz moddani yil oxiriga qadar kuchga kiritmasak to‘g‘ri bo‘ladi. Shu tariqa biz Yevroittifoq bilan o‘rnatmoqchi bo‘lgan aloqalarimizni qurish bo‘yicha kelishuvlarni ishlab chiqish uchun ayrim tayyorgarliklarni ko‘rib olamiz”, — dedi u.
Izoh (0)