Jahon iqtisodiyoti jonlanishi uchun yangi sanoat inqilobi sodir bo‘lishi, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar bunga asos bo‘lib xizmat qilishi talab etiladi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev G20 sammitida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Jahon iqtisodiyotini jonlantirishga qaratilgan chora sifatida Qozog‘iston yangi sanoat inqilobiga, raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalarga ishonishga chaqiradi”, — dedi u sammitning ochilish marosimida qilgan chiqishida.
“Bu vazifa inklyuzivlik prinsiplari asosidagina realizatsiya qilinishi mumkin. G20 va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi muloqot markazini aniqlash zarur”, — qo‘shimcha qildi Nazarboyev.
Izoh (0)