Rim papasi Fransisk 1,5 ming muhtojni Vatikanda o‘tayotgan Tereza onani avliyo deb e’lon qilish marosimidan so‘ng tushlik qilishga chaqirdi. “TASS”ning ANSA agentligiga tayanib ma’lum qilishicha, menyuda neapolitan pitssasi ko‘rsatilgan bo‘lib, uni tayyorlashda 20 pitssayolo qatnashadi.
Pavel VI zali atriumida o‘tadigan tushlikda Tereza ona nomidagi Muruvvat ordeni vakilalari tomonidan Italiyaning turli hududlaridan keltirilgan boshpanasiz insonlar qatnashadi. Ular marosimda va tushlikda ishtirok etishi uchun tunda maxsus avtobus bilan Vatikanga olib kelindi.
Izoh (0)