Meksikalik harbiylar mamlakat shimoli-sharqidagi Nuevo-Laredo shahri yaqinida o‘n nafar jinoyatchini yo‘q qildi. Tamaulipas shtati Muvofiqlashtiruvchi guruhining 3-sentabr, shanba kuni ma’lum qilishicha, otishma davomida bir nafar fuqaro ham halok bo‘lgan, deya xabar bermoqda “TASS”.
Jinoyatchilar harbiy patrulga hujum qilgan. To‘qnashuv oqibatida hujum qilganlardan sakkiz nafari o‘ldirilgan, qolganlari favqulodda holat joyidan yashiringan. Ular qurol-yarog‘ va o‘qlar bo‘lgan pikapini tashlab ketgan.
Bir soatdan so‘ng harbiy xizmatchilar qolgan jinoyatchilarni ham topdi. Hujum uyushtirganlardan yana ikki nafari yo‘q qilingan. Otishma davomida voqea joyidan o‘tayotgan ayol yaralangan. U keyinroq shifoxonada halok bo‘lgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari jinoyatchilarning shaxsini aniqlamoqda.
Izoh (0)