Los-Anjeles markazida qurilayotgan osmono‘par bino “Uilshir Grand Tauer” AQSh g‘arbiy sohilidagi eng baland inshootga aylandi. Bu haqda Associated Press ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.
3-sentabr, shanba kuni osmono‘par bino tepasiga o‘n tonna og‘irlikdagi shpil (nayzasimon uch) o‘rnatildi. U 73 qavatli bino balandligiga yana 48,8 metr qo‘shdi. Shu tariqa binoning balandligi 334,98 metrni tashkil etdi. Bu esa AQSh banki minorasi balandligidan (301,3 metr) 25 metrga ortiqdir.AQSh banki minorasi 1989-yildan buyon mamlakat g‘arbiy sohilidagi eng baland bino bo‘lib kelgan.
Qurilish qiymati 1 milliard dollarga baholanayotgan “Uilshir Grand Tauer” osmono‘par binosidagi mehmonxona va ofis kompleksi 2017-yilning martida ochiladi.
Izoh (0)