Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino uning maoshi borasidagi masala hal bo‘lganidan mamnun ekanini aytdi. Uning so‘zlarini tashkilot matbuot xizmati keltirdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Mening maoshim borasidagi avvalgi tushunmovchilik va anglashilmovchilikni inobatga olgan holda, maoshim borasidagi masala hal bo‘lganidan va amal qilayotgan mehnat shartnomam borligidan mamnunman”, – dedi Infantino.
Avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantinoning yillik maoshi 1,37 million yevro, tashkilot bosh kotibi Fatma Samuraning yillik maoshi esa 1,19 million yevro ekani haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)