Kecha, 28-avgust kuni Kongo Demokratik Respublikasi vakili, Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA)ning “Toronto” klubi a’zosi Bismak Biyombo 24 yoshini qarshi oldi. Uning jamoadoshlari Kayl Louri va Demar Derozan afrikalik basketbolchining yoshini hazil ostiga olishga qaror qildi, deb yozdi “Korrespondent.net”.
Afrikalik sportchilarning yoshini o‘zgartirish borasidagi qallobliklar barchaga ma’lum va basketbolchilar jamoadoshiga hazil tabrigini yo‘llash uchun aynan shundan foydalandi.
“48-tug‘ilgan kuning bilan tabriklayman ”, – deya yozdi Kayl Louri Twitter’dagi sahifasiga.
Happy 48th bday @bismackbiyombo 😂😂 https://t.co/AZOkZcUm11
— Kyle Lowry (@Klow7) August 28, 2016
Demar Derozan biroz yengilroq hazil qilib, Biyomboning yoshi 30 dan oshganiga shama qildi.
Happy birthday to my old head @bismackbiyombo. Enjoy the big three Oh bro.
— DeMar DeRozan (@DeMar_DeRozan) August 28, 2016
Izoh (0)