Apple korporatsiyasi qisqa videolar tushirib, ularni tahrirlash va ijtimoiy tarmoqlar orqali roliklar almashish imkonini beradigan dastur ustida ishlamoqda. Bu haqda, Bloomberg’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Kompaniya ijtimoiy tarmoqlar ommabopligidan maksimal foyda olishni ko‘zlamoqda”, — deyiladi bayonotda.
Korporatsiya xodimlarining so‘zlariga qaraganda, funksional bo‘yicha dastur Instagram va Snapchat’ga o‘xshab ketadi. Foydalanuvchining do‘stlari matnli xabarlar, elektron pochta, videorolik va fotosuratlarni ko‘ra oladi.
Izoh (0)