JCh—2018 3-saralash bosqichida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan Qatar 25-avgust kuni bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida Tailandni yirik hisobda mag‘lub etdi — 3:0.
O‘FF matbuot xizmati ma’lumotida Qatar termasi sardori Hassan Al-Haydos dublga erishgani, yana bir gol Rodrigo Tabata nomiga yozilgani qayd etilgan.
Qatar terma jamoasi JCh—2018 saralashining hal qiluvchi bosqichini 1-sentabr kuni Eronga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. 2-turda O‘zbekiston termasini qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, Qatar mag‘lub etgan Tailand termasi ham JCh—2018 saralashining uchinchi bosqichiga yo‘llanma olgan jamoalardan biri hisoblanadi.
Izoh (0)