Futbol bo‘yicha Argentina termasining afsonaviy futbolchilaridan biri bo‘lgan Diyego Maradona hujumchi Lionel Messining jamoadan ketish haqidagi qarori jiddiy bo‘lganiga shubha bilan qarashi haqida aytib o‘tdi.
“Bilmadim-u, Messining “ketish tarixi” odamlar boy berilgan 3 ta finalni unutishlari uchun tashkil etilgan bo‘lishi ham mumkin”, — deb Maradonaning so‘zlaridan “Sports.ru”da iqtibos keltirilgan.
“Messi avvaliga ketish taraddudiga tushdi, keyin orqaga qadam tashladi va bir necha hafta ichida o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi”, — dedi Diyego Armando. Avvalroq argentinalik sobiq futbochli Maradona Messining terma jamoaga qaytmasligini taxmin qilgandi.
Argentina terma jamoasi Messi boshchiligida yirik turnirlarning ketma-ket uchtasida finalga chiqib, yakunda mag‘lub bo‘ldi: JCh—2014, Amerika Kubogi—2015, Amerika Kubogi—2016.
Izoh (0)