Osiyo Chempionlar Ligasining chorak finaliga qadar yetib borgan Qatarning “Al-Jaish” klubi dastlabki uchrashuvda yirik mag‘lubiyat qabul qilib oldi. O‘z maydonida BAAning “An-Nasr” klubini qabul qilgan Sardor Rashidov jamoadoshlari 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi uchrashuvda to‘liq harakat qildi. Undan tashqari Lukas Mendes, Rikardo Romarino kabi legioner futbolchilar “Al-Jaish”ning boshlang‘ich tarkibiga kirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa “Barselona” klubining sobiq a’zosi Seydu Keyta maydonga tushdi. Biroq bu o‘zgarish ham “Al-Jaish”ga yordam bermadi va klub ikkinchi bo‘limda ikkita gol o‘tkazib yubordi.
BAAda bo‘lib o‘tadigan javob o‘yini 14-sentabr sanasiga tayin qilingan.
Osiyo Chempionlar Ligachi Chorak final bellashuvlari
13-avgust, seshanba“Shanxay SIPG” (Xitoy) — “Chonbuk Motors” (J. Koreya) 0:0“Al-Ayn” (BAA) — “Lokomotiv” (O‘zbekiston) 0:0
14-avgust, chorshanba“Al-Jaish” (Qatar) — “An-Nasr” (BAA) 0:3“Seul” (J. Koreya) — “Shandong Luneng” (Xitoy) 3:1
Izoh (0)