Bugun, 24-avgust kuni yengil atletikachi Ilya Tyapkin, kurashchilar Aysuluv Tinibekova, Arsen Eraliyev, Magomed Musayev, yunon-rum kurashchilari Janarbek Kenjayev va Ruslan Saryev Rio-de-Janeyrodan Qirg‘izistonga qaytdi. Bu haqda K-News xabar berdi.
O‘z chiqishlarini tahlil qila turib sportchilar qirg‘izistonliklardan uzr so‘radi. Nutq so‘zlagan Arsen Eraliyev ko‘z yoshlarini tiya olmadi.
“Biz oxirigacha tayyor emas edik. Menga ishonganlarning barchasidan uzr so‘rayman”, — dedi sportchi.
“2012-yilda yosh edim va ushbu O‘yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, eng yaxshi natija ko‘rsataman deb o‘ylagandim. Menga ishonib, qo‘llab-quvvatlaganlarning barchasidan uzr so‘rayman”, — deya qo‘shimcha qildi Aysuluv Tinibekova.
Izoh (0)